
Universiteti

Bugun, 10-iyul kuni, Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning to'rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi sinovlarda jami 147 abituriyent sport faoliyati (voleybol, futbol, belbog‘li kurash) hamda dizayn (libos va gazlamalar) yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etishi rejalashtirilgan. Imtihonlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etadi.
Imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash uchun universitetning “Komplayens nazorat” tizimi — Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, jarayonni live.adu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati taqdim etilgan.
Bundan tashqari, abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning birinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish xonasi tashkil qilingan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin. Imtihonlar davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida ichki ishlar organlari va tibbiy xizmat xodimlari jalb qilingan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI