Andijon Davlat
Universiteti
“Dolzarb 90 kunlik”: yoshlarni intellektual va jismoniy faollikka chorlovchi mashg'ulotlar
2025-07-09    21

Andijon davlat universitetining Odam fiziologiyasi va hayot xavfsizligi hamda Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘ldilar.

Tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari tomonidan yoshlar bilan davra suhbatlari, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. Xususan, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida mehnat to‘garaklari hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, bunday faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini oshirish hamda ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.