
Universiteti

Bugun, 9-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Bugungi imtihonlarda sport faoliyati (voleybol, futbol, belbog‘li kurash) hamda dizayn (libos va gazlamalar) yo‘nalishlari bo‘yicha jami 211 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Imtihonlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etishi rejalashtirilgan.
Imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi — “Komplayens nazorat” tizimi xodimlari tomonidan jarayon doimiy nazorat qilinmoqda. Sinovlar jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, live.adu.uz veb-sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning birinchi ma’ruzalar zalida qulay sharoitlarga ega maxsus kutish xonasi tashkil etilgan. Ushbu xonada o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonini bevosita kuzatish imkoniyati mavjud. Imtihonlar davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida ichki ishlar organlari xodimlari va tibbiyot xizmati vakillari jalb etilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI