Andijon Davlat
Universiteti
Yoshlar bandligi e’tiborda: rektor “Fayziobod” mahallasida yoshlar bilan uchrashdi
2025-07-08    68

Bugun, 8-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda o‘ziga biriktirilgan yoshlarga tizimli tarzda ko‘maklashish maqsadida Baliqchi tumanidagi “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning hayotiy pozitsiyasi, kasbga bo‘lgan qiziqishlari, ma’lumot darajasi va imkoniyatlari o‘rganildi. Tahlil jarayonida aksariyat yoshlarning norasmiy ish faoliyati bilan bandligi aniqlanib, ularni rasmiy bandlik tizimiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘quv kurslari, imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlikni boshlash imkoniyatlari hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ularning har biri bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Andijon davlat universiteti
Matbuot xiznati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.