Andijon Davlat
Universiteti
Rektor boshchiligida bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda
2025-07-08    62

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Andijon davlat universitetida ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar izchil olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev universitetni tamomlayotgan, ish boshlash istagini bildirgan bitiruvchilar bilan bevosita uchrashdi. Uchrashuvda universitet tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi va kasbiy yo‘nalishlari, mehnat bozoridagi imkoniyatlari va ishga joylashish istiqbollari yuzasidan amaliy tavsiyalar hamda individual takliflar berildi.

Shuningdek, fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari hamda kafedra mudirlari tomonidan bitiruvchilarning umumta’lim muassasalari, ichki ishlar organlari va boshqa kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishga joylashish jarayonida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bitiruvchilarning individual holatlari o‘rganilib, muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yosh mutaxassislarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi hamda bitiruvchilarning kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirishini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.