
Universiteti

Andijon davlat universitetida Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida sport musobaqalari, to‘garak mashg‘ulotlari, intellektual turnirlar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida, joriy yilning 8-iyul kuni yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ommaviy sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Andijon davlat texnika institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Turnir davomida sportchi talabalarimiz yuksak sport mahorati, jamoaviylik ruhi va iroda namunalarini namoyon etib, yuqori natijalarga erishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI