Andijon Davlat
Universiteti
Qabul-2025: Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni boshlandi
2025-07-08    94

Bugun, 8-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.


Bugungi imtihonlarda sport faoliyati (basketbol, futbol, kurash) hamda amaliy san'at (badiiy kulolchilik) yo‘nalishlari bo‘yicha jami 171 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Sinovlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etishi rejalashtirilgan.

Imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda mas’ullar doimiy ravishda nazorat qilib borishmoqda. Sinovlar o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olingan bo‘lib, jarayonni real vaqt rejimida live.adu.uz veb-sayti orqali kuzatish imkoni yaratilgan.

Abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning birinchi ma’ruzalar zalida maxsus kutish xonasi tashkil qilingan. Ushbu xonada o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonini bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida universitet hududida ichki ishlar organlari va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.