
Universiteti

Bugun, 7-iyun kuni Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini tahlil qilish, erishilgan natijalarni baholash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari ishtirokida navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda fakultet miqyosida tyutorlik faoliyatining holati, talabalar bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlar, ularning ijtimoiy-psixologik muammolari, davomat va intizom ko‘rsatkichlari, shuningdek, talabalarning o‘zlashtirishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda davomida har bir tyutor tomonidan joriy o‘quv yilida olib borilgan individual ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi, ularning samaradorligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kelgusi o‘quv yilida tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish hamda axloqiy-ma’naviy tarbiyasini kuchaytirishga qaratilgan istiqbolli rejalar belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI