
Universiteti

Bugun, 7-iyul kuni Andijon davlat universitetining “Universal” sport majmuasida ishchi-xodimlar ishtirokida Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-410-sonli Qonun asosida “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda soha mutaxassisi Anvarjon Raimjonov tomonidan mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibi, ushbu sohadagi ma’muriyatning majburiyat va vazifalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari hamda ventilyatsiya tizimlariga qo‘yiladigan texnik va sanitariya-gigiyenik talablar yuzasidan atroflicha ma’ruza qilindi.
O‘tkazilgan ushbu o‘quv-seminar Andijon davlat universitetida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid masalalarga yondashuvning tizimli va mas’uliyatli ekanini yana bir bor namoyon etdi. Ishchi-xodimlar va rahbarlarning qonunchilikdagi yangiliklar, xavfsizlik talablari hamda ishlab chiqarishdagi xavf omillarini aniqlash va oldini olishga doir bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan mazkur tadbir, albatta, amaliy natijalarga olib keladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI