
Universiteti

Bugun, 5-iyul kuni, Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Bugungi imtihonlarda sport faoliyati (futbol, kurash) hamda rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishlari bo‘yicha jami 144 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Sinovlar ikki smenada — ertalab soat 08:00 dan kechki 18:00 gacha davom etishi rejalashtirilgan.
Mazkur sinovlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida mas’ullar tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, jarayonni real vaqt rejimida live.adu.uz sayti orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.
Abituriyentlarning ota-onalari uchun universitetning birinchi ma'ruzalar zalida maxsus kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan monitorlar orqali imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, universitet hududida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI