
Universiteti

Bugun, 3-iyul kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o‘quv yilidagi 12-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas’ullarga vazifa qilib belgiladi.
Yig‘ilishda universitet reyting indikatorlari, o‘quv jarayonining yarim yillik natijalari, masofaviy va sirtqi ta’lim markazi hamda texnikumlar faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglandi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, indikatorlar samaradorligini oshirish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ilmiy mavzularni tasdiqlash, ilmiy unvonga tavsiyalar, murojaatlar bilan ishlash holati va xotin-qizlar maslahat kengashining hisoboti yuzasidan ham tegishli masalalar muhokama qilinib, aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish, ilmiy ishlar sifatini oshirish, talaba-yoshlar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqish va ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim tashabbus va tavsiyalar ilgari surildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI