
Universiteti

1958-YIL ANDIJONDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDI 475 YILLIGINING NISHONLANISHI, UKRAINA, SHIMOLIY KAVKAZ, SHIMOLIY QOZOG’ISTONDA QATAG’ON QILINGAN AJDODLARIMIZ, QATAG’ON QILINGAN JADIDLAR, “MEHNAT ARMIYACHILARI” HAQIDAGI YANGI MA’LUMOTLAR
“Vodiynoma” (Tarixiy meros) jurnalining 2025 yil, 2-39 sonida o‘qing:
Andijon viloyatidagi to’ng’ich oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universitetining tashkil etilishi, unga Zahiriddin Muhammad Bobur nomining berilishi va nomning qaytarilishi to’g’risidagi “Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 475 yilligining nishonlanishi” nomli maqolada tariximizning avval sizga nomalum sahifalari aks etgan.
1930-yildan boshlab O’zbekistondagi yirik yer egalari “quloq” sifatida Sovat davlatining turli hududlariga surgun qilinganlar. Ular orasida ayrimlari keyinchalik “Katta terror” davrida qatag’on qilinganlar. Ulaning qatag’on qilinishi tarixi tarix fanlari doktori, professor R.Shamsutdinov va shogirflari t.f.n. A.Mamajonov va t.f.n. M.Akbarovalar bilan hammualliflikdagi maqolalarida sharhlangan.
U.Quvvataliyevning “Jonkuyar jadid tarixchisi” maqolasida professor bo’lat Soliyevning hayoti va faoliyati yoritib berilgan. Bo’lat Soliyev jadid maktabi ochgan, Turkiston muxtoriyatining “El bayrog’i” gazetasiga muharrirlik qilgan, keyinchalik? 1929-yilda “O’zbekiston tarixi” nomli kitobini nashr etiirgan edi.
Qatag’on qurboni bo’lgan ajdodlarimiz – Oqilxon Dadaxo‘jayev, Mirhamid Xo‘jayev, Yunusov Qudratulla, Hismatov Hikmatulla, Ataullayev Xayrulla, Odiliy Muhammad, Abduvaxobxo‘jayev Abdukarim, Davlat Rizayev, Abdullajon Yo‘ldoshqoriyev, Mamasharif Karimboyev, Aydarov Ahmad, Mahmudxo‘jayev Nuritdin, Nuriddin Xolmirzayevich Qoriyevlarning hayoti va taqdiri haqidagi maqolalar ham jurnaldan joy olgan.
T.f.d., prof R.Shamsutdinov va PhD A.Maxkamovlarning “O‘rganilishi lozim bo‘lgan jadidchi “Milliy qo‘mita” tashkiloti haqida” nomli maqolasida 1927-yili kuzida Namangan shahrining Qizil Chorsu mahallasida joylashgan Said Qulibek madrasasida tuzilgan “Milliy qo‘mita” yashirin tashkilotiga tashkiloti a’zolari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Qayd etish joizki, bu tashkilot O‘zbekistonda olib borilayotgan yer-suv islohoti, quloqlashtirishga qarshi chiqib, sovet hukumatidan O‘zbekiston mustaqilligini talab etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Maqolada tashkilot va uning a’zolari haqida yangi ilmiy ma’lumotlar o’rin olgan.
Bundan tashqari jurnaldan J. Hasanovning “O‘zbekistonlik mahbuslar Moskva-Volga kanali qurilishida”, X. Qurbonovning “Janubiy Ural sanoat korxonalariga safarbar qilingan mehnat armiyachilarining moddiy-maishiy va oziq-ovqat ta’minoti”, O. Islamovaning “Davlat boshqaruvida ayolning roli”, “Darxon” gazetasining 1923-yil 22-avgustdagi 16-soni, M. Zeynalovaning “Нaциональные меньшинства и иностранцы, репрессированные в Узбекской ССР. Жертвы “Большого террора” (1937-1938 гг.) nomli kitobga yozgan taqrizlari ham o’rin olgan.
“Vodiynoma” jurnalining yangi sonlarini o‘qib, tarixga doir bilimlaringizni boyiting!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI