
Universiteti

Xonobod shahridagi talabalar yozgi oromgohining ikkinchi kuni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tonggi mashg‘ulotlar bilan boshlandi. Kun davomida ishtirokchilar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etilib, unda yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.
Trening doirasida yetakchilik qobiliyatlari, jamoaviy ishlay olish va o‘ziga ishonch kabi muhim ko‘nikmalar rivojlantirildi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga nafaqat yangi bilimlar, balki amaliy tajriba va o‘zaro hamkorlik ruhini ham taqdim etdi.
Shuningdek, kun davomida yoshlar o‘z salohiyatlarini kashf etish va yangi aloqalar o’rnatish va o’zlarining kelajakdagi maqsadlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI