Andijon Davlat
Universiteti
SIMO-2025 xalqaro olimpiadasida Andijon davlat universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi
2025-06-30    28

Poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda TIFT universiteti hamkorligida o‘tkazilgan SIMO-2025 (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu nufuzli ilmiy bellashuvda iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, mazkur xalqaro miqyosdagi olimpiadada Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti o‘qituvchisi Xolmurodjon Qo‘shaqov rahbarligidagi 6 nafar talabamiz munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.

G‘olib talaba-yoshlarimizni hamda ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusi ilmiy izlanishlarida, yirik xalqaro musobaqalarda yangi zafarlarga erishishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.