Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida kasbiy-ijodiy imtihonlarga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
2025-06-30    21

Ayni paytda Andijon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy-ijodiy (ijodiy va sport) imtihonlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish maqsadida kompleks tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, kasbiy-ijodiy (sport yo‘nalishidagi) imtihonlar o‘tkaziladigan asosiy sport maydonlari va zal­lar zamonaviy pedagogik-me’yoriy va texnik talablar asosida kapital ta’mirdan chiqarilib, ularning moddiy-texnik bazasi to‘liq yangilanmoqda. Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida sport inshootlariga zamonaviy videokuzatuv tizimlari bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari doirasida universitet hududida ekologik tozalikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mavjud daraxtlar oqlanib, buta va manzarali o‘simliklarga shakl berilmoqda. Yashil maydonlar muntazam ravishda sug‘orilib, universitet atrofi va ichki hududi maishiy chiqindilardan tozalanmoqda va tartibga keltirilmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.