Andijon Davlat
Universiteti
“Vodiynoma” jurnali, 2023-yil, 6 (33) son
2025-06-30    28

OTABEK BOYVACHCHA KIM EDI? TOSHKENTDA O‘QIGAN ANDIJONLIK TALABALARGA SOBIQ PAXTA QO‘MITASIDAN VA MARKAZ DEHQONLAR KOOPERATIVIDAN QANCHA MODDIY YORDAM AJRATILDI? YIGIRMA BESH ASRLIK TARIXGA EGA “QUYOSH SHAHRI” QAYSI?!

Bu va boshqalar haqida “Vodiynoma” (Tarixiy meros) jurnalining 2023 yil, 6-33 sonidan bilib oling!

Tarixda mashhur “Andijon qo‘zg‘oloni” nomi bilan yuritiladigan Dukchi eshon qo‘zg‘oloni tegrasida hamon ilmiy munozaralar, tadqiqotlar to‘xtagani yo‘q. Qo‘zg‘olon rahbarining shaxsi, qo‘zg‘olondan keyingi taqdiri haqida turli-tuman mualliflar turlicha qarashlarni ilgari surib kelayotganidan ilmiy jamoatchilik albatta, yaxshi xabardor. Jurnalning ushbu sonida berilgan Nodirbek Abdulahatovning “Dukchi eshon qo‘zg‘oloni va Otabek boyvachcha” maqolasi yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Dunchi eshon qo‘zg‘olonidan keyin o‘limga hukm qilinganlar orasida yurtdoshimiz Otabek boyvachcha ham bo‘ladi. Ammo, u ma’lum sabablarga ko‘ra o‘limdan omon qoladi va olis Sibirga surgun qilinadi. Biroq, bu surgundan ko‘p o‘tmay, u yorug‘ olamni tark etadi. Muallif Otabek boyvachchaning qismati, ikki ayolidan bo‘lgan farzandlari, uning tortib olingan yer-mulklari, boyvachchani afv etishlarin so‘rab Quva aholsini o‘sha vaqtdagi chor hukumati gubernatoriga xat yuborishgani va u e’tiborsiz qoldirilgani va boshqalar haqida so‘z yuritadi.  

 Jurnalning ushbu soni o‘tgan son a’nanasi davom ettirilib, jadid bobolarimiz asos solgan “Darxon” gazetasining 1923 yil, 1 avgusitidagi 11-12 sonlarida berilgan materiallardan havolalar keltirilgan. Sahifalarda “Birlashgan dehqonchilik solig‘i to‘g‘risida”, “Farg‘onada ochliq”, “Shikoyat qutisi”, “Nari-beridan” kabi ruknlarda berilgan materiallar bilan tanishish mumkin. Xat-xabarlarni o‘qish orqali, gazeta mutasaddilari oddiy aholiga nafaqat mamlakat, ayni choqda, olis xorijdagi yangiliklarni ham yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganligini anglash mumkin. Sahifalarni Rustambek Shamsutdinov va Shuhratbek Qahhorovlar nashrga hozirlaganlar.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti vazifasini bajaruvchi Munisa Mavrulovaning “Sovet mustabid tuzumi sharoitida o‘zbek xalqi madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirish masalasiga doir” nomli risolasida yurtimiz madaniy hayotida 1917-yildan keyin va XX asrning 20-30 yillaridan keyin yuz bergan turli evrilishlar, rus madaniyatining ta’sirnlari, buning ijobiy va salbiy taraflari haqida so‘z boradi.

Durnalning bu sonida ham Doktor Boymirza Hayitning “Bosmachilar. Turkiston milliy kurashi tarixi (1917-1934 yillar)” kitobi 6 bo‘limi muxlislar e’tiboriga havola qilingan. Ushbu qismda siz ozodlik kurashchisi, milliy xalq qahramoni Shermuhammadbek va uning kurashlari haqida bilib olasiz. Shuningdek, muallif ushbu bo‘limda sobiq sovet harbiy ma’muriyati shafqatsizligi natijasida kuchaygan zodlik harakati haqida ham so‘z yuritadi.

Tarix fanlari doktori, professor, ADU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari muzeyi direktori, ulkan va salohiyatli olim Rustambek Shamsutdinovning “Jizn posvyaщennaya k izucheniyu drevnogo i vechno molodogo Xudjanda” nomli maqolasida xo‘jandlik olim, tarixchi Nazirjon Tursunov hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beradi. So‘ngra esa, Nazirjon Tursunov qalamiga mansub “Istoriya tadjikov. Struktruno-logicheskie sxemы” asaridan boblar keltiriladi.

Rustambek Shamsutdinovning “Xo‘jand o‘tmishining mufassal solnomasi” maqolasida tojikistonlik zabardast tarixnavis olim, yirik etnolog, tarix fanlari doktori, professor Nazirjon Ochilovich Tursunovning “Istoriya Xudjanda” kitobi va uning ahamiyati haqida so‘z boradi. Biz, maqolani o‘qish orqali, yirik olimning ushbu asari Tojikistonda chop etilgan asarlar kulliyoti ko‘pjidliginig yettinchi jildi ekani, ushbu kitobga jamlangan 6 asarnig barchasida Xo‘jand viloyati va shahrining o‘tmishi, etnografiyasi, bu yerdagi yashagan mahalliy aholining turmush tarzi, mashg‘ulotlari, bosqinchilarga qarshi olib borgan qahramonona kukrashlari haqida ma’lumotlar olamiz. Shuningdek, muallif maqolada, o‘zi sharhlayotgan asarga tayanib, mahalliy aholi “Xo‘jand” (qadimiy manbalarga ko‘ra “Xvarjand – Quyosh shahri”) nomini naqd 25 asrdan buyon saqlab kelayotganligini ta’kidlaydi. Albatta, bu va bu kabi boshqa ma’lumotlar sizu bizni tarixning yangi-yangi so‘qmoqlari sari boshlaydi.

Jurnalning bu soni Azimxo‘ja Otaxo‘jaevning “Fidoyi olima faoliyatiga chizgilar” nomli maqolasi bilan yakun topadi va unda tarix fani jonkuyarlaridan biri, atoqli olima, professor Yulduzxon Ergashevaning ilmiy-pedagogik faoliyati, insoniy fazilatlari, o‘z yurti va xalqi tarixiga bo‘lgshan cheksiz ixlos-muhabbati haqida fikrlar bayon etilgan. Mazkur chiqish fidoyi olima, mehribon ustozning 60 yillik yubileyi munosabati bilan yozilgan. Uni o‘qish jarayonida siz, mamlakatimizda turli sohalarda bo‘lgani kabi, tarixchilikda igna bilan quduq qaziyotgan hassos va fidoyi kishilar anchaligini bilib olasiz. Shubhasizki, o‘z farzandlaringiz ichidan ham shunday mashhurlar, bilimli, site’dod va salohiyatlilar chiqishiga umid bildirib, orzu qilasiz.

“Vodiynoma” jurnalining yangi sonlarini o‘qib, tarixga doir bilimlaringizni boyiting!

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.