
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetida Respublikamizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasidan saralangan 40 ga yaqin bitiruvchi talabalar ishtirokida Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida professor Sirojiddin Zaynobidinov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari so‘zga chiqib, bunday tadbirlar iqtidorli talabalarni aniqlash va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, olimpiada ishtirokchilari belgilangan tartib asosida musobaqaning birinchi turi doirasida nazariy va amaliy bosqichlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Ular berilgan murakkab masalalarni mustaqil yechish orqali fizika faniga bo‘lgan qiziqishlari, tahlil qilish qobiliyatlari hamda ilmiy fikrlash salohiyatlarini namoyish etdilar.
Kunning ikkinchi qismida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi doirasida akademik Sirojiddin Zaynobidinov bilan tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar akademikning ilmiy faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, olimpiada ishtirokchilari Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurib, u yerda namoyish etilgan eksponatlar, tarixiy hujjatlar va noyob qo‘lyozmalar bilan tanishdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI