Andijon Davlat
Universiteti
AndDU rektori “Chorvador” MFYda: aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, fuqarolar muammolari tinglandi
2025-06-13    117

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda yurtimizda xalq farovonligini oshirish, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash va ularning hayot sifatini yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar va amaliy chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

 

Ushbu tashabbuslar doirasida, bugun 13-iyun kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash va muammolarni joyida hal etish maqsadida o'ziga briktirilgan Qo'rg‘ontepa tumani "Chorvador" mahalla fuqarolar yig‘inida bo'ldi.

 

Dastlab, rektor B.Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida "Chorvador" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda oliygoh rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta'minlash hamda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma muammolari hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, ayrim yoshlarga kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiyot birlashmalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, aholining bandligini ta’minlash maqsadida ayollar uchun tikuv sexlari tashkil etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini yaxshilash hamda tajribali mutaxassislarni jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Shundan so‘ng, universitet rektori Chorsu ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoitlari va dolzarb muammolarini diqqat bilan tingladi. Muloqot davomida mahalla aholisi yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha o‘z taklif va murojaatlarini bildirdi. Ushbu murojaatlar batafsil o‘rganilib, amaliy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.