Andijon Davlat
Universiteti
Yakuniy davlat attestatsiya test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan sirtqi ta'lim shaklining sobiq bitiruvchi talabalari diqqatiga
2025-06-10    243

Andijon davlat universitetida 2023-2024-o‘quv yili sirtqi ta’lim shakli sobiq bitiruvchi talabalari uchun 2024-yil iyun, oktabr oylarida va 2025-yil aprel oyida o‘tkazilgan Yakuniy davlat attestatsiya test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan sirtqi ta'lim shaklining sobiq bitiruvchi talabalariga joriy yilning 27-28-iyun kunlari qayta test sinovlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

Sobiq talabalarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar ro‘yxati o‘zgarmagan va ular asosida tuzilgan test savollari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi test savollari banklari

Biologiya (turlar bo'yicha) test savollari banklari

Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyav ish (o'zbek guruhi) test savollari banklari

Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyav ish (rus guruhi) test savollari banklari

Jismoniy madaniyat test savollari banklari

Informatika o'qitish metodikasi test savollari banklari

Maktabgacha ta'lim (o'zbek guruh) test savollari banklari

Maktabgacha ta'lim (rus guruh) test savollari banklari

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi уо'nаlishi test savollari banklari

Musiqa ta'limi test savollari banklari

Pedagogika va psixologiya test savollari banklari

Psixologiya (amaliy psixologiya) test savollari banklari

Tarix (yo'nalish va faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi test savollari banklari

Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi test savollari banklari

Texnologik ta'lim test savollari banklari

Quyida nomlari keltirilgan to‘lov-shartnoma shartlari summalaridan qarzdor sobiq bitiruvchi talabalar test sinovlariga qayta qo‘yilmaydi:

Shartnoma shartlari summasidan qarzdor sobiq bitiruvchilar ro'yxati.

Joriy yilning 21-iyun kuniga qadar to‘lov-shartnoma shartlarida belgilangan qarzdorliklar bartaraf etilgach, 27-28-iyun kunlari o'tkaziladigan imtihon sinovlariga qayta qo'yilishi mumkin bo'ladi.

To‘lov-shartnoma shartlarida belgilangan qarzdorliklarini to‘la bartaraf etgan sobiq bitiruvchilar o‘quv-uslubiy boshqarmaga murojaat etishlari so'raladi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.