Andijon Davlat
Universiteti
“Zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
2025-06-05    281

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universitetida Biologiya fanlari doktori, professor Ahmedov Madaminbek Hotamjonovichning 76 yilligiga bag‘ishlab, “Zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, respublikamizning yetakchi universitetlaridan professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchi olimlar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda qatnashuvchilar anjumanga bevosita (offline) hamda “Zoom” platformasi orqali masofaviy (online) tarzda faol ishtirok etdilar.

Dastlab, anjumanni Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Iqboljon Karimjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, anjuman doirasida qator nufuzli olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Tomsk davlat universiteti biologiya fanlari nomzodi A. Leonidovna, Quaid-i-Azam universiteti professori Muhammad Zafar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi B. Rasulov va boshqa olimlarning dolzarb ilmiy ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruza davomida biologiya fanining turli yo‘nalishlariga oid dolzarb muammolar — jumladan, genetik tadqiqotlar, ekologik barqarorlik, mikrobiologiyada innovatsion yondashuvlar hamda bioxavfsizlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ta’lim jarayonlariga integratsiyalash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Shundan so‘ng, anjuman o‘z ishini oldindan belgilangan tartib asosida, turli yo‘nalishlardagi sho‘baviy yig‘ilishlar shaklida davom etdi. Har bir sho‘bada mavzuga oid ilmiy ma’ruzalar tinglanib, professional munozaralar tashkil etildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.