Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishi talabalari BMI himoyalari bo‘lib o‘tdi
2025-06-05    263

Joriy yilning 4-iyun kuni Andijon davlat universitetining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘zlarining ilk ilmiy izlanishlari — bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Mazkur jarayon doirasida ushbu yo‘nalishni tamomlayotgan, ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqish va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan 4 nafar iqtidorli talaba o‘z bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilk ilmiy faoliyatlariga poydevor qo‘ydilar.

Ushbu jarayon davomida talabalar tadqiqot ishi mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik yondashuvi hamda amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘z ilmiy ishlarida tanlangan mavzu doirasida chuqur tahlillar olib borish, manbalarni keng qamrovda o‘rganish va ilmiy xulosalarni aniq hamda asosli tarzda shakllantirishga intildilar.

Jarayonning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, qatnashuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini haqqoniy hamda xolisona baholash maqsadida bitiruv ishlarining himoyalari belgilangan tartib-qoidalar asosida, ovozli va video kuzatuv bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.