
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili magistratura va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchilarni bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ularning malaka darajasini aniqlash maqsadida yakuniy imtihonlar, diplom ishlarini himoya qilish va boshqa attestatsiya jarayonlari belgilangan reja-grafik asosida o‘tkazilmoqda.
Bugun, 4-iyun kuni universitetning Axborot-resurs markazida IT injiniringi, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Matematika va mexanika fakultetlarining 9 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 400 nafardan ziyod bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar universitetning barcha fakultetlarida belgilangan tartib asosida, ochiqlik, shaffoflik hamda adolat tamoyillari doirasida o‘tkazilmoqda. Bitiruvchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini muvaffaqiyatli namoyish etmoqdalar.
Ushbu jarayon yosh mutaxassislarning kelajakdagi faoliyatida mustahkam va ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi, ularga professional sohada muvaffaqiyatga erishishda yo‘l ko‘rsatadi. Bitiruvchilarimizga yorqin kelajak, ulkan yutuqlar va yangi marralarni zabt etishni tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI