
Universiteti

Bugun, 31-may kuni Andijon davlat universitetida yosh tadqiqotchilarning mustaqil ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish va ilmiy-metodik yondashuvlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida, komissiya a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirokida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston tarixi hamda jahon tarixi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan 9 nafar magistrant o‘z dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Ushbu jarayonda magistrantlarning dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik yondashuvi hamda amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Talabgorlar o‘z ilmiy ishlarida tanlangan mavzu doirasida chuqur tahlillar olib borish, tarixiy manbalarni keng qamrovda o‘rganish hamda ilmiy xulosalarni aniq va asosli tarzda shakllantirishga intildilar.
Jarayonning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, qatnashuvchilarning bilimlarini haqqoniy va xolisona baholash maqsadida dissertatsiya himoyalari belgilangan tartib-qoidalar asosida, ovozli va video kuzatuv bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI