Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz yosh olimlari “Akademik harakatchanlik” dasturida respublika tanlovi g‘olibi bo‘ldi
2025-05-29    42

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, amaliy ahamiyatga ega ilmiy natijalarni ishlab chiqishga xizmat qiluvchi tanlov o‘tkazildi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi dotsentlari Xayrulla Solijonov va Farruxbek Umarov ham ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda X.Solijonovning 64 million so‘m qiymatdagi va F.Umarovning 60 million so‘m qiymatdagi ilmiy loyihalari agentlik tomonidan moliyalashtirildi.

Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan g‘oliblarni samimiy qutlab, ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida yanada katta zafarlar, xalqaro miqyosda munosib e’tirof va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shishlarini tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.