
Universiteti
.jpg)
Joriy yilning 28–29-may kunlari Andijon shahrida o'tkazilgan “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi birinchi forumga Andijon davlat universiteti mezbonlik qildi.
Mazkur forum doirasida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Ozarbayjonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, ularning malaka va tajribasini oshirish, shuningdek, hamkorlikda yangi ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, forum doirasida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, texnoparklar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish hamda akademik almashinuv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Andijon davlat universiteti tomonidan Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari — Ozarbayjon texnologiya universiteti, Boku davlat universiteti, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti, Naxchivan davlat universiteti, Ozarbayjon texnika universiteti hamda Sumgayit davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI