
Universiteti

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturining Andijon viloyatidagi tantanali ochilish marosimi joriy yilning 31-may kuni Bobur shahridagi yozgi amfiteatrda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Sobirovich Komilov ishtirok etib, dastur mazmun-mohiyati, yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda kelgusidagi vazifalar haqida gapirdi.
Ochilish marosimida xushovoz san’atkorlar tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, sportchi yoshlar tomonidan esa turli sahnaviy chiqishlar va ko‘rgazmali sport namoyishlari taqdim etildi.
Mazkur tadbirda Andijon davlat universiteti jamoasi ham universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida faol ishtirok etdi.
Shu tarzda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi Andijon viloyatida start oldi. Dastur doirasida yoshlar uchun turli to‘garaklar, seminarlar, tanlovlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI