.jpg)
Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan Andijon davlat universiteti sport va san'at fakulteti talabalarining bu galgi hisobot konsert dasturi ham fikrimizning yorqin isbotidir.
Bugun, 2-iyun kuni Andijon davlat universitetida Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan “Nihol” yoshlar jamoasining 2024/2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert davomida talabalar o‘z ijodiy mahoratlarini namoyon etib, milliy kuy-qo‘shiqlar, maqom yo‘nalishidagi ijrolar, jonli vokal va cholg‘u chiqishlari orqali tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdilar. Ayniqsa, maqom san’atining nozik ohanglari va murakkab ijro uslublari yoshlarning yuksak tayyorgarligi va mehrini ko‘rsatdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI