Andijon Davlat
Universiteti
Andijonda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert boshlandi
2025-06-03    164

Bugun Andijon shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda yuz mingdan ziyod andijonliklar, ayniqsa yoshlar ishtirok etmoqda.

Tantanali tadbirda o‘zbekistonlik mashhur estrada yulduzlari — sevimli qo‘shiqchilar, san’atkorlar, aktyor-aktrisalar tomonidan ijro etilgan chiqishlar tomoshabinlarga katta bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligidagi universitet jamoasi va faol talaba-yoshlar ham ushbu bayramda munosib ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.