Andijon Davlat
Universiteti
Jawaharlal Nehru universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
2025-06-03    99

Ayni kunlarda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash maqsadida Hindistondagi Jawaharlal Nehru universiteti professori Dr. Shahbaz Amil boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Andijon shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 2-iyun kuni Hindistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Jawaharlal Nehru universitetining professori Dr. Shahbaz Amil ikki tomonlama ilmiy, akademik va madaniy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Andijon davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda oliy ta’lim sohasida xalqaro integratsiyani mustahkamlash, fors tili va adabiyoti, Markaziy Osiyo tadqiqotlari hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar kelgusida ikki oliygoh o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi hamda Andijon davlat universitetining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.