Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi — “Yilning eng faol yosh olimi” e’tirofiga sazovor bo‘ldi
2025-06-04    294

Joriy yilning 2-iyun kuni Bobur shahri markazida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kun” hamda “Yoshlar oyligi” doirasida estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida gala-konsertlar bo‘lib o'tdi.

Tadbir davomida Andijon davlat universiteti tasarrufidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining katta ilmiy xodimi Azizbek Maxkamov ilmiy-ijtimoiy faoliyati uchun “Eng faol yosh olim” nominatsiyasida munosib topilib, tantanali tarzda taqdirlandi.

Mazkur e’tirof yosh olimning ilmiy izlanishlari, tarixiy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lidagi fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Biz ham jamoamiz nomidan Azizbekni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.