Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2025-06-03    370

Bugun, 3-iyun kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 11-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllari bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan bitiruvchilarning 2024/2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayonlari belgilangan tartibda yuqori saviyada tashkil etilishi lozimligi taʼkidlanib, bu borada jarayonlarning shaffof, adolatli va belgilangan normativlarga muvofiq o‘tishini ta’minlash bo‘yicha fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig'ilish davomida Kengash ishtirokchilarning fikr-mulohazalari hamda takliflari atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.