Andijon Davlat
Universiteti
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga!
2025-06-02    101

Andijon davlat universiteti muassisligidagi “Ilmiy xabarnoma” jurnalida 2025-yildan boshlab yangi – “Ijtimoiy fanlar” seriyasi tashkil etildi. “Ilmiy xabarnoma. Seriya: Ijtimoiy fanlar” bir yilda ikki marta e’lon qilinadi.

Mazkur seriyaga:
Ijtimoiy falsafa;
Dinshunoslik;
Siyosat;
Huquq;
Ijtimoiy geografiya;
Ijtimoiy psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Jurnaldagi o'zgarish - yangi seriyaning qo'shilishi ayrim tashkiliy ishlarni taqozo etgani munosabati bilan uning birinchi yarim yillikdagi soni uchun maqolalar qabul qilish 1 iyulga qadar davom etadi.

Maqolalar jurnal talablari asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi, shuningdek, tegishli fan sohasi doirasidagi dolzarb mavzularni yoritgan bo‘lishi lozim.

Maqola plagiatdan mutlaqo holi bo‘lishi, o‘zgalar fikridan amaldagi tartiblarga muvofiq foydalanilgan bo‘lishi shart!

Tahririyatga kelgan maqolalarning rasmiylashtirilishi talabga muvofiq bo‘lmasa, kamchiliklari ko‘rsatilib, qayta ishlash uchun muallifga qaytariladi. Rasmiylashtirilishi talabga muvofiq bo‘lgachgina maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

Qabul qilingan maqola antiplagiat dasturida tekshiriladi. Plagiat holati aniqlangan maqolalar (o‘zlashtirib olish hajmidan qat’i nazar) rad qilinadi.

Antiplagiat tekshiruvidan o‘tgan maqolalar soha mutaxassislariga taqrizga beriladi, ijobiy taqriz olgan maqolalar navbatdagi eng yaqin songa kiritiladi.

Maqolalar bepul chop qilinadi.

Rasmiylashtirish talablari bilan mana bu havola orqali kirib tanishish mumkin https://www.ajhuman.uz/for_authors

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.