Andijon Davlat
Universiteti
Ikkinchi sho'ba: “O‘zbekiston va Ozarbayjonda taʼlim eksportini rivojlantirish istiqbollari”
2025-05-29    118

Viloyatimizda o‘tkazilayotgan nufuzli O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumining ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari “Oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tendensiyalar va strategiyalar” mavzusidagi ikkinchi sho‘bada ishtirok etdilar.

Sho'ba doirasida so'z olgan oliygoh rahbarlari, jumladan, Sumgayit davlat universiteti rektori Aminaga Sadigov: “Markaziy Osiyo va Kavkazda iqlimga chidamli taʼlim va tadqiqotlar”, Ozarbayjon texnologiyalar universiteti rektori Yashar Omarov: “Universitet-industriya hamkorligi: mintaqaviy universitetlarning vazifasi va qarashi”, Baku yuqori neft maktabi prorektori Sevda Zargarova: “Injenerlarning yangi avlodini tayyorlash: Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma dasturlar va tadqiqotlar” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Sho‘bada so‘zga chiqqan Ozarbayjon va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘zaro hamkorlikda akademik almashinuvlar, qo‘shma fakultetlar ochish va xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish orqali ta’lim eksporti salohiyatini oshirish mumkinligini ta’kidladilar.

Yig'ilish yakunida ikki tomonlama tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi. Forum ishtirokchilari ta’lim eksportini strategik yo‘nalish sifatida belgilash va uni barqaror rivojlantirish maqsadida muntazam axborot almashinuvi, seminar va tajriba almashuvlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.