
Universiteti

Viloyatimizda o‘tkazilayotgan nufuzli O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumining ikkinchi kuni doirasida delegatsiya a’zolari “Oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tendensiyalar va strategiyalar” mavzusidagi birinchi sho‘bada ishtirok etdilar.
Dastlab, Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev "O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqamli uzatish va onlayn ta’limni rivojlantirish" mavzusidagi ma'ruzasi bilan sho'ba faoliyatini boshlab berdi. Sho'ba davomida so'z olgan rektorlar, jumladan, Ozarbayjon texnika universiteti rektori Valiyev Vilayat: “Qo‘shma ilmiy nashrlar va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish” mavzusida, Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori Rizayev Jasur Alimjonovich: “O‘zbekiston Respublikasida oliy tibbiy taʼlim: Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugun” kabi dolzarb mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Mazkur sho‘bada O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kuchaytirish, xalqaro tajriba asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI