.jpg)
Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 28-may kuni forumning ilk kuni doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro hamkorligini kengaytirish, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va fikr almashildi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu muloqotlar davomida oliy ta’lim sohasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 60 ga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI