Andijon Davlat
Universiteti
ADUda O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
2025-05-27    77

Joriy yilning 28–29-may kunlari Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli anjumanga Andijon davlat universiteti mezbonlik qiladi.

Nufuzli anjumanga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayni paytda Andijon davlat universitetida forum oldidan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tayyorgarlik jarayonlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, universitet binosining oldi fasadi hamda forumning asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan majlislar zali to'liq ta'mirdan chiqarildi, shuningdek, hududga 100 tup manzarali butasimon daraxt va 7000 ming dona mavsumiy gul ko‘chatlari ekilib, yo‘laklar va ochiq maydonlar tozalandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.