
Viloyatimizdagi barcha umumta’lim muassasalarida “Ilm – eng buyuk sharaf” shiori ostida an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda va tantanali tarzda o‘tkazilmoqda.
Bugun, 24-may kuni Andijon tumani 29-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetimiz vakillari faol ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha ishtirokchilar ushbu muqaddas ohangni faxr va iftixor bilan tingladilar.
Marosimda so‘z olgan Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev bitiruvchilarga samimiy tabriklarini yo‘llab, ularning ilm olishdagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi va tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga bag‘ishlangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirlar davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tabriklar, minnatdorchilik so‘zlari va dil so‘zlari yangradi. Maktab direktorlari, ustoz-murabbiylar, ota-onalar va faxriy mehmonlar bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirib, ularning kelgusi hayotida ulkan zafarlar tiladilar.
Tadbir yakunida o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatgan ilg‘or o‘qituvchilar va namunali xatti-harakatlari bilan ajralib turgan o‘quvchilarga rahbariyat tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, Andijon davlat universiteti tomonidan maktab kutubxonasiga jahon va o‘zbek adabiyotiga oid badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI