
Andijon davlat universiteti rektorining 37-sonli buyrug‘iga asosan, Pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari F. Komilova va R. Yankinalar viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, xalqaro baholash tizimi — PISA dasturi hamda joriy etilgan baholash metodologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganishlar davomida universitet vakillari uch kun mobaynida maktablardagi o‘quv jarayonini bevosita kuzatdilar, o‘quvchilarning bilimini baholashda qo‘llanilayotgan zamonaviy uslublar bilan tanishdilar hamda xalqaro standartlarga mos baholash metodologiyasi, xususan, PISA dasturi doirasidagi yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar o‘zlarining nazariy bilim va amaliy tajribalari asosida maktab pedagoglariga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan foydali maslahatlar berib, o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar hamda maktab jamoalari bilan samarali fikr almashuvini amalga oshirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI