
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti hamda “Odlar Yurdu” universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi (PhD) Go‘zaloy Tohirova ham ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Siyosiy boshqaruv fanlari fakulteti dekani Murtazo Xasanov rahbarligida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi (PhD) Go‘zaloy Tohirova tomonidan zamonaviy psixologik yondashuvlar, oliy ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlar, shuningdek, talaba yoshlarda yetakchilik salohiyati va kompetensiyalarni shakllantirishga doir dolzarb mavzularda taqdimot o‘tkazildi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hamkorlikda konferensiyalar va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI