Andijon Davlat
Universiteti
Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi haqida e’lon
2025-05-26    129

Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2025-yil 31-may shanba kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

1. Andijon davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Mirzaeva Barnoxon Adxamovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Zo‘ravonlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyati” mavzusida yozilgan dissertatsiyasi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun muhokama qilinadi.

Ilmiy rahbar:
Andijon davlat pedagogika instituti fakultet dekani, falsafa fanlari doktori, professor Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich

Taqrizchilar:

Qambarov Abdumutal Axadjonovich – Farg‘ona davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori, professor

Murodov Alisher Sharofxonovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

2. Turli masalalar. 
Ilmiy seminarning navbatdagi majlisiga barcha seminar aʻzolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Manzil: Andijon davlat universiteti ARM binosi 3-qavat 301-xona.

Dilshodbek Samatov
Ilmiy Kengash ilmiy seminar kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.