Andijon Davlat
Universiteti
Yaponiyalik mehmonlar bilan uchrashuv: ta’lim, tajriba va imkoniyatlar almashinuvi
2025-05-21    80

Bugun, 21-may kuni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Tsukuba universiteti vakillari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Dastlab, delegatsiya vakillari Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev huzurida bo‘ldilar. Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar va talabalar malakasini oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar hamda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng, kichik majlislar zalida loyiha vakillari hamda universitet talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar uchun Tsukuba shahrida joylashgan Tsukuba universitetida tahsil olish imkoniyatlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim jarayoni, yotoqxona va grant dasturlari, shuningdek, xalqaro almashinuv imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.