
Bugun, 12-may kuni Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning aqliy salohiyatini rivojlantirish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabalari o'rtasida anatomiya bo'yicha "Bilimlar bellashuvi" tanlovi o'tkazildi.
Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni ilmiy izlanishga, mustaqil fikrlashga va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, unda jamoalar quyidagi shartlar asosida bellashdilar.
1-shart — Tanishtiruv sharti;
2-shart — Savol-javob sharti;
3-shart — Sardorlar bellashuvi;
4-shart — Erkin mavzu.
Ta'kidlash joizki, bu kabi tanlovlar talabalarning nafaqat bilimini sinovdan o‘tkazish, balki ularni ilm-fan sohasiga yanada yaqinlashtirish, mustaqil fikrlash va bir jamoa sifatida ishlashga rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI