Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti vakillari bilan "Faxriylar kubogi"da zafarli ishtirok
2025-05-12    117

Joriy yilning 8-11-may kunlari Jizzax shahri Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida sportning voleybol turi bo'yicha faxriylar o'rtasida "Faxriylar kubogi" birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada jami 9 ta jamoa g'oliblik uchun murosasiz bellashuv olib borib, uchrashuvda Andijon terma jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi.

Quvonarlisi, ushbu terma jamoada Andijon davlat universiteti o‘qituvchilari — Mirzohid Abdullayev va Sardorbek Yuldashevlar ham faol ishtirok etib, jamoaning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdilar.

Andijon terma jamoasini ushbu ajoyib natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.