
Joriy yilning 8-may sanasidan boshlab, “Talabalar festivali” doirasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni sportga jalb etish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasman start berilgan.
Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida “Sport oyligi” doirasida Filologiya fakulteti talabalari uchun 10 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida talabalar pastki startdan yugurish (100 m, 60 m), 3 kmga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, turnikda tortilish, arg'amchida sakrash va shu kabi turli jismoniy faoliyatlar bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar.
“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilgan sport sinovlari tajribali mutaxassislar va jismoniy tarbiya fani ustozlari tomonidan baholandi va talabalarning natijalari aniq va tartib bilan qayd etilib borildi, ushbu tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI