Andijon Davlat
Universiteti
Universitet professor-o‘qituvchilari xalqaro baholash tizimi – PISA baholashiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda
2025-05-13    111

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universiteti rektorining 37-sonli buyrug‘iga asosan, Tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To'xtaboyev boshchiligida Pedagogika kafedrasi professori F.Komilova, dotsent R.Yankinalar Jalaquduq tumanidagi 17-umumta'lim maktabida bo'lib, xalqaro baholash — PISA dasturi va joriy etilgan baholash metodologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Unda universitet vakillari maktabda PISA baholash tizimining qo‘llanilishi, o‘quvchilarning funksional savodxonligini aniqlashda qanday yondashuvlar qo‘llanilayotgani, test topshiriqlarining mazmun-mohiyati hamda ularni tahlil qilish uslublari bo‘yicha amaliy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, universitetimiz jamoasi maktab o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, PISA baholash tizimini o‘quv jarayoniga integratsiyalash, talabalarni tanqidiy va tizimli fikrlashga yo‘naltirish bo‘yicha tajriba va fikr almashdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.