Andijon Davlat
Universiteti
Yoshlar bilan ishlashda samaradorlik va mas’uliyat ustuvor!
2025-05-13    132

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Talantbek Madumarov boshchiligida fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchisi va koordinatorlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab, yoshlar bilan ishlash faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur qilindi.

Shundan so‘ng, fakultetlarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bugungi holati, talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikrlar tinglandi.

Yig‘ilish yakunida prorektor tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga yoshlar bilan ishlashda shaxsiy mas’uliyatni oshirish, ularning har bir muammosiga befarq bo‘lmaslik, talaba-yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.