Andijon Davlat
Universiteti
"Mohir qo‘llar" to‘garagida talaba-qizlar tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganmoqda
2025-05-13    415

Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning kasbiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida "Mohir qo'llar" to'garagi doirasida "Tikuvchilik" bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazildi.

Mashg‘ulot davomida Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Xodjayeva talaba-qizlar bilan birgalikda milliy matolar bilan ishlash hamda ularni bezak sifatida qo‘llash bo‘yicha master-klass darslarini olib bordi. Ayniqsa, bu safargi mashg‘ulotda ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan milliy uslubda yostiq tikish amaliyotini bajarishdi.

Aytish joizki, universitetimizda tizimli ravishda o'tkazilayotgan tikuvchilik to‘garagi talaba-qizlar uchun nafaqat qo‘shimcha hunar o‘rganish maydoni, balki ijodiy fikrlash, mehnatsevarlik va zamonaviy hayot talablariga mos ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
SITEMAP    © Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.