Andijon Davlat
Universiteti
9-may – Xotira va qadrlash kuni
2025-05-09    159

Andijon shahri markazidagi xiyobonda 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ezgu tadbirda viloyat hokimligi, harbiy qismlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, urush va mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ular qatorida Andijon davlat universiteti jamoasi ham faol qatnashdi. Universitet rahbariyati boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, haykal poyiga gulchambarlar qo‘ydi.

Mazkur tadbir xalqimiz qalbida mangu yashovchi jasorat, fidoyilik va tinchlikka bo‘lgan hurmat ramzi sifatida o‘tkazilib, yoshlarda tarixga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtiromni mustahkamlashga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.