Andijon Davlat
Universiteti
Seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi
2025-05-10    142

O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining topshiriq xatiga asosan, Andijon davlat universitetida joriy yilning 21-26-aprel kunlari “Mehnat muhofazasi oyligi” doirasida professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlar uchun mehnat muhofazasi asoslari bo‘yicha o‘quv seminarlari o’tkazildi.

Bugun, 10-may kuni Andijon davlat universitetida mehnat muhofazasi asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv-seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi hamda Mehnatni muhofaza qilish bo‘lim boshlig‘i tomonidan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ma'lumot o'rnida, seminar davomida ishtirokchilar mehnat xavfsizligi qoidalari, kasbiy xavflarning oldini olish usullari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yaratish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.