Andijon Davlat
Universiteti
ECAMPUZ loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi Daniyada ilmiy tadqiqot olib bormoqda
2025-05-07    122

Yevropaning Erasmus+ dasturi asosida 2023-2025-yillarga mo'ljallangan ECAMPUZ loyihasining “Train-the-trainers” yo‘nalishi doirasida Andijon davlat universitetining 3 nafar tadqiqotchisi Yevropaning hamkor oliygohlarida ilmiy stajirovka o'tashi belgilangan.

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetining tayanch doktoranti Salohiddin Usmonov ECAMPUZ loyihasi doirasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim muhitini rivojlantirish hamda innovatsion o‘quv metodikalarini o‘zlashtirish maqsadida Daniya davlatining Kopengagen universitetida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Tajriba almashish davomida tadqiqotchi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini spektral tahlil usullari orqali aniqlash, ularning xavfsizligi va sifati bo‘yicha zamonaviy baholash mezonlarini o‘rganmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, uning ekologik toza, inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va nazorat qilish borasidagi ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlab, amaliyotga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga zamin yaratmoqda.

Andijon davlat universiteti
matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.